35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Obod turmush” mahallasida “ hokim yordamchisi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimi deputatlik faoliyati davomida "Guliston" mahallasidagi yana bir savdo do'koni faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi va huquqiy targ‘ibot yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi tomonidan qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
“Madaniyat” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
Biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlik ishlari muhokama qilindi

Biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlik ishlari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati Q.Igamberdiyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov deputatga biriktirilgan tashkilot bilan ishlash yo‘nalishi bo‘yicha Qiziriq tumani "Kelajak" markaziga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida hamkorlikdagi ishlarni yanada samarali tashkil etish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, nazorat-tahlil tadbirlarini tizimli ravishda o‘tkazish, soha faoliyatida mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, shuningdek, amaldagi qonunchilikni takomillashtirishga oid takliflarni shakllantirish hamda tegishli tartibda taqdim etish yuzasidan mas’ul xodimlar bilan o‘zaro fikr almashildi.

Shuningdek, “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida yoshlarning yozgi ta’til davrida bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, ularning kasb-hunarga yo‘naltirilishi, iqtidorini rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga keng jalb etilishi yuzasidan olib borilayotgan ishlar ham o‘rganildi. O‘rganish yakunida tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqildi.

Tashrif doirasida markazda tahsil olayotgan yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy hamda sport yo‘nalishidagi tadbir va musobaqalar tashkil etildi. Faol ishtirok etgan yoshlar munosib rag‘batlantirilib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir davomida yoshlarni bilim olishga, kasb-hunar egallashga, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 9