35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi va huquqiy targ‘ibot yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi tomonidan qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
“Madaniyat” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
“Bodomzor” mahallasida xotin-qizlar faolining faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi qarorlari ijrosi deputatlik nazoratida
Doimiy komissiya yig‘ilishida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan Qo‘qon shahar mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikni jilovlash, yo‘l-transport hodisalari hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, shuningdek yo‘l infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Qo‘qon shahar Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi A.Abdullayev tomonidan hisobot taqdim etilib, shahar hududida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, transport vositalari va piyodalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, mavjud xavfli uchastkalarda amalga oshirilgan chora-tadbirlar hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Muhokamalar davomida komissiya a’zolari tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini yanada kuchaytirish, mahallalarda profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish, zamonaviy yo‘l belgilari va svetoforlar o‘rnatish, piyodalar xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yuzasidan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mas’ul tashkilotlarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3