Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Tadbirkorlik faoliyati bilan yaqindan tanishildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati M. Qilichov tomonidan Zangiboyi mahallasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganildi.

Tashrif davomida tadbirkorlar bilan uchrashilib, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlaridagi ishlar, yaratilgan ish o‘rinlari hamda faoliyatni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tinglandi.

Deputat tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar e’tirof etilib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan o‘rganishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2