✅ Tadbir yoshlarning kasbiy mahoratini qo‘llab-quvvatlash, ularni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalariga keng jalb etish, mustaqil daromad manbaiga ega bo‘lishga rag‘batlantirish, zamonaviy kasblarning nufuzini oshirish maqsadida tashkil etildi.
✅ Tanlov 10 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilmoqda: elektromontaj, payvandlash texnologiyasi, santexnika, tibbiy va
ijtimoiy g‘amxo‘rlik, quruq qurilish va suvoq ishlari, sartaroshlik, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, moda texnologiyalari, oshpazlik hamda kompyuter grafikasi yo‘nalishlarida ishtirokchilar o‘z bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etmoqda.
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi