Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Deputat tashabbusi
янв.21
Deputat nazorati: g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari diqqat markazida
янв.21
Muzrabot tumanida qurilish va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
“Yangiyer” mahallasida aholining tomorqalaridan samarali foydalanishi o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan aholi tomorqalaridan unumli foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Deputat maktabda olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini o‘rgandi
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi muvaqqat komissiyaning navbatdagi o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Deputatlar tuman markazida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini o‘rgandilar
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Z.Gʻofurova tomonidan Zuhro mahallasida aholini qiynab kelayotgan ayrim infratuzilmaviy masalalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Deputat mahalla hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaat va takliflarini tingladi. Uchrashuv davomida, ayniqsa, mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining holati hamda ko‘chalarning tungi paytda yetarli darajada yoritilmagani bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.
Aholi vakillarining ta’kidlashicha, ayrim ichki yo‘llarning ta’mirtalab holga kelgani transport qatnovi va piyodalar harakatida noqulayliklar tug‘dirmoqda. Shuningdek, tungi yoritish tizimining yetarli emasligi fuqarolarning xavfsiz harakatlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.
O‘rganish jarayonida deputat tomonidan mavjud muammolar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Bildirilgan murojaatlar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilishi, masalalarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4