Zarbdor tumani Lalmikor mahallasidagi 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ruhda tashkil etildi. Unda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 7-Sutbuloq saylov okrugidan saylangan deputat Islomiddin Allayarov ishtirok etdi.
Tadbir davomida deputat bitiruvchi yoshlarni hayotlaridagi muhim va unutilmas sana bilan qutlab, ularga kelgusidagi o‘qish va ish faoliyatida muvaffaqiyat tiladi. O‘z so‘zida yoshlarni doimo izlanishda bo‘lish, zamonaviy bilimlarni egallash hamda Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga chaqirdi.
Bayram tadbirida o‘quvchilarning sahna chiqishlari, ustozlarga bag‘ishlangan samimiy tilaklar va bitiruvchilarning hayajonli lahzalari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.