Bugun Zarbdor tumani maktablarida bolalik, yoshlik va orzular uyg‘unlashgan unutilmas daqiqa — “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari yangradi.
Zarbdor tumanidagi 28-sonli maktabda o‘tkazilgan tantanali tadbirda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 4-Ravot saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Bekzod Tashpulatov bitiruvchilarga murojaat qilar ekan, ularning kelajakka dadil qadam tashlashi, orzular sari qat’iy harakat qilishi va Vatan ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shadigan barkamol avlod bo‘lib yetishishiga ishonch bildirdi.
Tadbir davomida yuqori natijalarga erishgan o‘qituvchilar hokim tashakkurnomalari bilan taqdirlandi. Maktab kutubxonasiga esa 100 dan ziyod badiiy adabiyotlar tuhfa etildi.