🔎 Oʻrganish jarayonida mahalla faollari, hokim yordamchisi hamda xotin-qizlar faollari bilan birgalikda:
•mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish,
•xotin-qizlar muammolarini hal etish,
•fuqarolarning murojaatlarini ijobiy koʻrib chiqish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
📊 Tahlillar natijasida 2026-yilning oʻtgan davrida:
•40 nafar fuqaro oʻzini-oʻzi band qilgani,
•15 nafar fuqaro ishga joylashtirilgani,
•15 nafar fuqaroga jami 335 mln soʻm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilgani aniqlandi.
✅ Deputat tomonidan mavjud yutuqlar bilan bir qatorda, hal etilishi lozim boʻlgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda kelgusida bu yoʻnalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi.