Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Aholi murojaatlari deputatlar e’tiborida
янв.21
Dastur asosida qurilayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Sopollitepa” mahallasida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qismiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
“Darband” mahallasi faoliyati yuzasidan o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaatlarining hal etilish jarayonlari deputatlar e’tiborida
янв.21
Aholi muammolarini hal etishda tuman Kengashi deputatlari va “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati
янв.21
Deputatlik nazorati amalda
#tavsiyalar_asosida

#tavsiyalar_asosida

Kogon shahrida tuzilgan ishchi guruh — Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi A. Yangiyev boshchiligida deputatlar Sh. Isamutdinov va D. Arabova hamda mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalardan iborat tarkibda Beruniy mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish olib bordi.

Ishchi guruh tomonidan hududdagi xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish holati atroflicha tahlil qilindi. Mahalla bankiri faoliyati ham tanqidiy ruhda ko‘rib chiqilib, aholiga ajratilayotgan kreditlar, moliyaviy xizmatlar sifati va ularning natijadorligiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan aniq vazifalar belgilandi, mas’ullarga qat’iy topshiriqlar berildi. Ishchi guruh tomonidan xotin-qizlar faolligini oshirish, ularning daromad manbalarini kengaytirish hamda aholi farovonligini yuksaltirish bo‘yicha tizimli choralarni kuchaytirish zarurligi alohida ta’kidlandi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 4