Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Mahallada aholi bilan muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputatlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi
янв.21
Deputatning saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
“Buyuk ipak yo‘li” mahallasida dastur bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaatlari deputatlar e’tiborida
янв.21
Dastur asosida qurilayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Sopollitepa” mahallasida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qismiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
Kotib

 💬Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining Qurilish, kommunal sohalar, agrar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan TTZ-2, 2-uy, 15-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati hudud boshqaruv servis kompaniyasi boshlig‘i bilan joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.  

📥Murojaatda fuqaro tomonidan ko‘p qavatli uyning 6-qavatining kirish yo‘lagida qo‘shnilar tomonidan qo‘shimcha eshik noqonuniy o‘rnatilganligi hamda ushbu eshikni olib tashlash lozimligi qayd etilgan. 

💬O‘rganish jarayonida yuqorida ko‘rsatilgan manzilda 2-uy, 13-xonadon R.Soy va 14-xonadon M.Muxtorovani xonadoni ekanligi hamda umumiy foydalanishdagi kirish yo‘lagiga eshik o‘rnatib foydalanib kelayotgani aniqlandi.  

️Doimiy komissiya tomonidan 2-uy, 15-xonadonda yashovchi murojaat muallifi va 13-xonadonda istiqomat qiluvchi
fuqaro bilan suhbatlashildi.
 

️Suhbat jarayonida 13-xonadon egasi kirish qismidagi yo‘lakda o‘rnatilgan temir eshik o‘rnida muqaddam yog‘och eshik bo‘lganligi uchun yong‘in xavfini oldini olish va o‘zlarining sharoitlarini yaxshilash maqsadida shu yo‘lakda yashovchi qo‘shnisi tomonidan temir eshikka almashtirilganligini ma’lum qildi.  

Slide 1 of 4