Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

#jarayon

#jarayon

#Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo'yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligi o'rganildi

📍Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi deputati Dushayeva Nazokat Sharofitdinovna tomonidan tuman hududidagi 2-son texnikumida xotin-qizlar o'rtasida jinoyatchilikni oldini olish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.

🖋Tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Dushayeva, tuman Ichki ishlar bo‘limi inspektori B.Turg‘unova, tuman Yosh oila markazi bosh maslahatchisi B.Nurullayeva, tuman bosh otinoyisi M.Haydarova, targ‘ibot guruhi rahbari S.Rasulova, 52-oilavaiy poliklinika ginekologi D.Shoumarova, texnikum rahbariyati va o‘quvchi-qizlar ishtirok etishdi.

🖇Tadbir davomida deputat N.Dushayeva so'zga chiqib bugungi kunda yoshlar tarbiyasi, ayniqsa qiz bolalarning ma’naviy-axloqiy kamoloti jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidladi. 

📖Mutaxassislar tomonidan xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari tahlil qilinib, uning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati

Slide 1 of 3