Tumandagi “Mehnatobod” mahallasidagi 43-sonli maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari holati
“Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi doirasida Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanida keng ko‘lamli infratuzilma ishlari amalga oshirilmoqda.
“Mehnatobod” mahallasida joylashgan 43-sonli umumta’lim maktabida bajarilayotgan mavjud 110 o‘rinli binoni mukammal ta’mirlash, 120 o‘rinli qo‘shimcha binosini qurish jarayonlari xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri – deputat D.Sherboyev tomonidan joyida chiqib o‘rganildi.
Mazkur qurilish-ta’mirlash ishlari "YULDUZ-AZIZA-XAFIZAXON" XK tomonidan amalga oshirilmoqda.
O‘rganish davomida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, ishlarning loyiha asosida va belgilangan talablar doirasida bajarilishiga alohida e’tibor qilindi.