Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Mahallada aholi bilan muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputatlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi
янв.21
Deputatning saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
“Buyuk ipak yo‘li” mahallasida dastur bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaatlari deputatlar e’tiborida
янв.21
Dastur asosida qurilayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Sopollitepa” mahallasida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qismiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
✍️ Deputat tomonidan “mahalla yettiligi” faoliyati ko‘chama-ko‘cha joyiga chiqib o‘rganildi

✍️ Deputat tomonidan “mahalla yettiligi” faoliyati ko‘chama-ko‘cha joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 15-Olimlar saylov okrugi deputati Zaripova Karima Faxritdinovna tomonidan Yakkasaroy tumanidagi Muqimiy nomli mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

📌 Uchrashuv davomida mahalla faollarining bir oylik faoliyati yuzasidan hisobotlari tinglanib, hududda amalga oshirilgan ishlar, aholining turmush sharoitlari hamda fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, hududda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Deputatlik faoliyati doirasida tegishli tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida mahalla hududida o‘rganish ishlari ham tashkil etildi. Jumladan, hudud xavfsizligini ta’minlash hamda jamoat tartibini mustahkamlash maqsadida videokuzatuv kameralarini o‘rnatish masalasi yuzasidan Milliy xavfsizlik qo‘riqlash xizmati xodimlari bilan birgalikda hududga chiqilib, joyida ko‘zdan kechirish ishlari amalga oshirildi.

📌 Shuningdek, fuqarolarning yozma murojaatlari, ularning ijro etilish holati hamda murojaatlarga o‘z vaqtida va sifatli javob berish masalalari ham tahlil qilindi. Aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar vakillariga zarur tavsiyalar va ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1