Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Mahallada aholi bilan muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputatlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi
янв.21
Deputatning saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
“Buyuk ipak yo‘li” mahallasida dastur bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaatlari deputatlar e’tiborida
янв.21
Dastur asosida qurilayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Sopollitepa” mahallasida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qismiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
Aholini o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam bilan ta’minlash holati

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining 24 ta muhim yo‘nalishlaridan biri — aholini o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam bilan ta’minlash holatini o‘rganish yuzasidan muhokama o‘tkazildi. Ushbu jarayonda tibbiyot muassasalarining bugungi holati va mavjud muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi.

 💼 O‘rganish doirasida davolash-profilaktika muassasalarida shifokorlarga bo‘lgan ehtiyoj, kadrlar salohiyati hamda malakali mutaxassislar bilan ta’minlanganlik darajasi tahlil qilindi. Muhokamada xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya raisi Dusmuxamedova Saodat Maxirdjanovna, "2-Hamkor" okrugi deputati Abdullayeva Kimyo Adilovna hamda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Karabayev Ulug‘bek Juraboyevich ishtirok etdi.

 📊 Tahlillar natijasida ayrim tibbiyot muassasalarida, ayniqsa tor mutaxassisliklar bo‘yicha malakali kadrlar yetishmasligi mavjudligi aniqlandi. Bu holat tibbiy xizmat sifati va tezkorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.

 🎓 Shuningdek, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi tibbiy xodimlar muammolariga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu muassasalarda tibbiy personal yetishmasligi hamda ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash zarurati muhokama qilindi. Shu bilan birga, sohaga oid oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali yangi kadrlar zaxirasini shakllantirish masalasi ko‘rib chiqildi.

 🏛 Muhokama yakunida tibbiyot muassasalarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 6