Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Mahallada aholi bilan muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputatlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi
янв.21
Deputatning saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
“Buyuk ipak yo‘li” mahallasida dastur bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaatlari deputatlar e’tiborida
янв.21
Dastur asosida qurilayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Sopollitepa” mahallasida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qismiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida boʻlib oʻtdi.

 Unda doimiy komissiya raisi va deputatlar shuningdek ekspert guruhi a’zolari ham ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida “Tashabbusli budjet” loyihasining 2026 yil 1-mavsumi natijalari atroflicha tahlil qilindi. Mazkur jarayon joriy yilning 1 fevralidan 20 martiga qadar o‘tkazilib, umumiy hisobda 17 489,8 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Loyiha doirasida jamoatchilik tomonidan ilgari surilgan 79 ta taklifdan 63 tasi ovoz berish bosqichiga o‘tkazildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 19 ta loyiha 39 998 ta ovoz to‘plab (umumiy ovozlarning 96 foizi) g‘olib deb topildi.

G‘olib loyihalar tarkibida 9 ta qurilish-ta’mirlash hamda 10 ta xarid qilish yo‘nalishidagi takliflar mavjud bo‘lib, ularning asosiy qismi ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini yaxshilashga qaratilgan. Shuningdek, hududlarni obodonlashtirish va tungi yoritish tizimini rivojlantirishga oid loyihalar ham qo‘llab-quvvatlandi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning 2025 yil 29 avgustdagi qaroriga muvofiq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati tomonidan ilgari surilgan elektr energiyasi ta’minotini yaxshilashga qaratilgan 1 ta loyiha ham g‘olib deb topildi.

Yig‘ilishda “Tashabbusli budjet” jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7