Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Aholi murojaatlari deputatlar e’tiborida
янв.21
Dastur asosida qurilayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Sopollitepa” mahallasida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qismiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
“Darband” mahallasi faoliyati yuzasidan o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaatlarining hal etilish jarayonlari deputatlar e’tiborida
янв.21
Aholi muammolarini hal etishda tuman Kengashi deputatlari va “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati
янв.21
Deputatlik nazorati amalda
Kengash_faoliyati

🏛 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI: AMALIY NATIJALAR VA ISTIQBOLLIK REJALAR

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 12-Obod yurt saylov okrugi deputati N.Allamuratova hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimi E.Eshonqulovlar tomonidan “Obod yurt” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar va aholi murojaatlari ijrosi o‘rganildi.

🤝 Hamjihatlik – Taraqqiyot Garovi

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi Farmoni asosida tashkil etilgan “Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Subsidiya – Daromad Manbai

Deputat va mahalla faollari mahalla raisi hamda hokim yordamchisi tavsiyasi bilan subsidiya asosida zamonaviy tikuv mashinasi, overlok va dazmol jihozlari olgan Nigora Musayevananing xonadonida bo‘lishdi.

"Ilgari ishsiz edim, bugun esa davlatimiz ko‘magi bilan o‘z xonadonimda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ydim. Bu nafaqat oilaviy daromadimizni oshirdi, balki o‘zimni jamiyatda kerakli inson deb his qilishimga sabab bo‘ldi," — deydi xonadon sohibasi.

✅ Tahlil va Tavsiyalar

O‘rganish yakunida N.Allamuratova tomonidan mahalla yettiligi faoliyati samaradorligi tahlil qilindi. Deputat mavjud imkoniyatlardan yanada unumli foydalanish, aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha quyidagi tavsiyalarni berdi:

✅Muammolarni xonadonbay aniqlash: Har bir xodim o‘z yo‘nalishi bo‘yicha aholi bilan yaqin muloqotda bo‘lishi;

✅Imkoniyatlardan foydalanish: Davlat tomonidan berilayotgan imtiyoz va subsidiyalarni haqiqiy egalariga yetkazish;

✅Hamkorlikni kuchaytirish: Yettilikning har bir a’zosi yagona maqsad — aholi farovonligi yo‘lida birlashishi.

Maqsadimiz bitta: Mahallani jinoyatchilikdan xoli, tadbirkorlik rivojlangan va aholisi rozi bo‘lgan hududga aylantirish!

Slide 1 of 2