Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Aholi murojaatlari deputatlar e’tiborida
янв.21
Dastur asosida qurilayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Sopollitepa” mahallasida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qismiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
“Darband” mahallasi faoliyati yuzasidan o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaatlarining hal etilish jarayonlari deputatlar e’tiborida
янв.21
Aholi muammolarini hal etishda tuman Kengashi deputatlari va “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati
янв.21
Deputatlik nazorati amalda
“Yashil ta’mirlash” ishlari boshlandi

“Yashil ta’mirlash” ishlari boshlandi

 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Oliyaxon Asqarova va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sherali Aliqulovlar tumanning "Oqtepa" MFY hududida joylashgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xonadonlarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini o‘rgandi va nazoratga oldi.

📌 Mazkur ishlar Xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashining tegishli qarori asosida amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan I-guruh nogironligi bo‘lgan hamda oilasida mehnatga layoqatli a’zolari mavjud bo‘lmagan fuqarolar xonadonlarini energiya tejamkor (“yashil”) ta’mirlash ishlari uchun mablag‘ ajratilgan.

🔧 Hozirda ushbu xonadonlarda: 

• uylarning issiqlik saqlovchi qoplamalari yangilanmoqda

• eski deraza va eshiklar energiya tejamkor turlariga almashtirilmoqda

• uylarning umumiy energiya samaradorligini oshirish choralari ko‘rilmoqda

👨‍💼 Deputat tomonidan o‘rganish davomida ishlarning sifati, muddatlarga rioya qilinishi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishiga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Ta’kidlanganidek, mazkur loyiha: 

✔️ aholining yashash sharoitini yaxshilash

✔️ kommunal xarajatlarni kamaytirish

✔️ energiya resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash

✔️ ijtimoiy adolat va qo‘llab-quvvatlash tizimini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashi. 

👍Telegram (https://t.me/buvaydakengash) l 👍Facebook (https://www.facebook.com/share/1Ky7FY7XLo)

Slide 1 of 1