35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

QONUN IJROSI VA MAZMUN-MOHIYATI BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI

QONUN IJROSI VA MAZMUN-MOHIYATI BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI

🏛 Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi 6-“Do‘ngariq” saylov okrugi deputati M.Turayev tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishi doirasida mahalla yettiligi va nuroniylar ishtirokida hududdagi masalalar o‘rganildi.

📌 Jarayonda “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, №O‘RQ-937, 05.08.2024-yilda qabul qilingan qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

👥 Shuningdek, mazkur qonunda belgilangan talablar, yer uchastkalaridan qonuniy foydalanish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda qonun ijrosini ta’minlash masalalari mahalla yettiligi va nuroniylar bilan birgalikda muhokama qilindi.

Slide 1 of 1