35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Ozoda ko‘chalar – obod mahallaning ko‘zgusi

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi kotibiyat mudiri F.Hojiyev tomonidan Shayxon MFY hududida ko‘chama-ko‘cha yurilib, ko‘chalarni ozoda saqlash, atrof-muhitni asrash va sanitariya qoidalariga rioya etish yuzasidan fuqarolar bilan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Suhbatlar davomida xonadonlar oldi hamda umumiy foydalanishdagi hududlarni toza saqlash, maishiy chiqindilarni belgilangan joylarga chiqarish va mahalla obodligiga hissa qo‘shish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Mahalla ozodaligi – har bir fuqaroning mas'uliyatli munosabati va hamjihatligi bilan ta'minlanadi.