#Yoshlar_maslahat_guruhi
#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh.Mamayusupov tomonidan Mustaqillik mahallasida elektr ta’minoti holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallaga yangi transformator o‘rnatilgani ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, aholi tomonidan eskirgan elektr sim va kabellarini almashtirish yuzasidan bildirilgan murojaatlar joyida tinglandi.
Mazkur masalani ijobiy hal etish maqsadida mas'ul tashkilotlarga deputat so‘rovi kiritish belgilandi. O‘rganish yakunida fuqarolar murojaatlari ijrosi nazoratga olindi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|