Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
Karmana tumanida xizmat ko‘rsatish sohasi rivoji: Deputat mahallada amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishdi

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi deputatlari tomonidan joylarda aholi farovonligini oshirish ва hududlarni iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyihalarning borishi muntazam ravishda o‘rganib borilmoqda.
✅Xususan, Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, 14-Arg‘un saylov okrugidan saylangan deputat A.Quvonov tumandagi "Xo‘ja Xisrav" mahallasida bo‘ldi. Deputat tashrifining asosiy maqsadi hududda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish loyihalari doirasida hayotga tadbiq etilgan ishlar, yaratilgan yangi tadbirkorlik subyektlari va ish o‘rinlarining bugungi holatini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.
Ma’lumot uchun: Bugungi kunda mahallalarda servis va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishini kengaytirish – hudud iqtisodiyotini jonlantirish hamda ishsizlikni kamaytirishning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi.
✅O‘rganishlar davomida deputat A.Quvonov mahalla faollari, tadbirkorlar va loyiha tashabbuskorlari bilan uchrashdi. Suhbat jarayonida xizmat ko‘rsatish majmualari, savdo shaxobchalari va maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalarining ish faoliyati, ularga yaratilgan shart-sharoitlar hamda aholining ushbu xizmatlardan qoniqish darajasi tahlil qilindi.
✅Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan takliflar va sohani yanada kengaytirishda yuzaga kelayotgan masalalar muhokama qilinib, ularni hal etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi. Shu bilan birga, deputat aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish va loyihalar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdi.
➡️Xalq vakilining bunday bevosita o‘rganishlari hududiy dasturlarning qog‘ozda emas, balki amalda, mahalla ahlining kundalik hayotida o‘z aksini topishiga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4