Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Abdulxakim Xushbokovich Eshmuratov Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Abdulxakim Xushbokovich Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi kotibiyati faoliyati, deputatlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, saylovchilar murojaatlarini o‘rganish hamda mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish borasida amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, Senat qo‘mitasi raisi kotibiyat xodimlari bilan suhbat o‘tkazib, mahalliy vakillik organlari faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘z tavsiya va fikr-mulohazalarini bildirdi.

Tashrif davomida mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish, aholi manfaatlarini ta’minlash va hududlarni rivojlantirishga qaratilgan vazifalar muhokama qilindi.

Bizni kuzatishda davom eting!
         ▶️ Kanalga ulanish: 👇
👍Telegram👍Facebook 👍Instagram 🌐

Slide 1 of 1