Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
XONOBOD MAHALLASIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISHLARI TAHLIL QILINDI

 XONOBOD MAHALLASIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISHLARI TAHLIL QILINDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Axmadalieva, kotibiyat bosh
mutaxassisi A.Fozilov Madaniyat mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi
tomonidan aholini tadbirkorlikka jalb etish, tadbirkorlik tashabbuslarini
qo‘llab-quvvatlash hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga
oshirilayotgan ishlar holatini manzilli o‘rgandi.


O‘rganish jarayonida mahalladagi mavjud tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati,
ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda aholining bandligini ta’minlash yuzasidan
ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.


Xususan, tadbirkor O.Inomjonov tomonidan tashkil etilgan qurilish materiallari
ishlab chiqarish, xom g‘isht tayyorlashga ixtisoslashgan sex faoliyati bilan
yaqindan tanishdi. Mazkur ishlab chiqarish ob’ektida ishchilar uchun yaratilgan
mehnat sharoitlari, ishlab chiqarish jarayonining tashkil etilishi hamda
mahsulot sifati ko‘zdan kechirildi.


Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini
yaratish, ishlab chiqarish quvvatini oshirish hamda mahsulot
raqobatbardoshligini ta’minlash yuzasidan amaliy tavsiya va takliflar berildi.


O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar deputat tomonidan “Deputatning
ko‘cha daftari”ga kiritilib, bartaraf etilishi nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 4