Bugun G‘ozg‘on shahridagi "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida shahar hokimining birinchi o‘rinbosari N. Zoyirov hamda Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati M.Qodirov rahbarligida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Unda mahalla ahli tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va muammolar tinglandi. Qabul davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilot va mas’ullarga vazifalar belgilandi.
Murojaatlarning har biri atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni qonuniy asosda hal etish, ijrosini ta’minlash hamda fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralar belgilandi. Sayyor qabul davomida ko‘tarilgan masalalar shahar hokimligi tomonidan nazoratga olindi.