Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 📌 OILAVIY TADBIRKORLIK BO‘YICHA HUQUQIY TUSHUNCHALAR BERILDI

📍 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 2-Zarabog‘ saylov okrugi deputati X. Xojidinov tomonidan “Vandob” mahallasi Sherjon qishlog‘ida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

📖 Uchrashuv davomida fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-aprelda qabul qilingan “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-327-son Qonuni mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

💡 Deputat tomonidan ta’kidlanganidek, ushbu qonun oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirishga xizmat qiladi. Oilaviy biznesni yo‘lga qo‘yish orqali fuqarolar o‘z uy sharoitida ham qonuniy faoliyat yuritib, barqaror daromadga ega bo‘lishlari mumkin.

👨‍👩‍👧‍👦 Shuningdek, uchrashuvda:

• oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish tartibi;

• davlat tomonidan berilayotgan imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari;

• yoshlar va ayollar bandligini oshirishdagi ahamiyati kabi masalalar yuzasidan ham batafsil ma’lumotlar berildi.

❓ Tadbir yakunida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va ularga mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi.

📊 Bunday uchrashuvlar aholi huquqiy savodxonligini oshirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4