Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
“Guliston” mahallasida "yettilik" tizimi nazoratda: PF-209-sonli farmon va deputatlarning “24 ta eng muhim yo‘nalish”i ijrosi tahlil qilindi
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda Kengash deputati F.Homidov “Guliston” mahallasida bo‘ldilar.

💬 Mas’ullar tashrif davomida mahalla xodimlarining (mahalla yettiligining) bugungi kundagi ish faoliyati, erishilgan natijalar va istiqboldagi rejalar xususida mahalla raisi bilan atroflicha suhbat olib bordilar.

💬 Ushbu jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etildi.

💬 Tahlil jarayonida quyidagi dolzarb masalalarga e’tibor qaratildi:
🟢"Yettilik" tizimining integratsiyasi: Mahalla raisi yetakchiligida hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim hamda soliq inspektorining o‘zaro hamkorlikda ish tashkil etishi;
🟢Kambag‘allikni qisqartirish: Mahalladagi ehtiyojmand oilalarni xonadonbay o‘rganish, ularni Ijtimoiy reyestr asosida manzilli qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlash borasidagi amaliy choralar;
🟢Murojaatlar bilan ishlash: Fuqarolardan kelib tushayotgan kundalik muammolarni joyida hal etish samaradorligi.

💬Muloqot yakunida Kengash raisi D.Normuradova hamda Kotibiyat mas’ullari tomonidan mahalla yettiligi faoliyatini yanada jonlantirish, aholi bilan doimiy va ochiq muloqot tizimini kuchaytirish, rasmiyatchilik holatlariga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha zaruriy metodik tavsiyalar va aniq ko‘rsatmalar berildi.

🫥Maqsadimiz — har bir mahallada "inson qadri" tamoyili asosida aholi roziligiga erishish va munosib turmush sharoitini yaratishdir!
Slide 1 of 2