Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
“Mahalla yettiligi” faoliyati hamda ular tomonidan yuritilayotgan hujjatlar holati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmonida belgilangan vazifalarga asosan tumanning “Besh-tut” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati va ular tomonidan yuritilayotgan hujjatlarning holati O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tomonidan o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida “mahalla yettiligi” xodimlari tomonidan yuritilayotgan ish hujjatlari, elektron platformalarga ma’lumotlarni kiritish holati hamda hisobotlar yuritilishi tahlil qilindi. Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy ahvol, kam ta’minlangan oilalar, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash bo‘yicha shakllantirilgan ma’lumotlar bazasi, murojaatlarni qabul qilish va ijrosini ta’minlash bo‘yicha hujjatlar ko‘zdan kechirildi.

🔺Deputat tomonidan hujjatlarning belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi, ma’lumotlarning haqqoniyligi, yangilanib borilishi hamda mas’ullar o‘rtasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aholi muammolarini aniqlash va ularni hal etishga qaratilgan manzilli ishlarni aks ettiruvchi hujjatlarning yuritilishi holati ham baholandi.

🔺O‘rganish davomida ayrim hujjatlarni yuritishda aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga tushuntirishlar berildi hamda ish yuritish sifatini yanada yaxshilash, ma’lumotlarni muntazam yangilab borish, elektron tizimlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 3