Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
Mahallani obodonlashtirish ishlari va mahalla binosini qayta qurish taklifi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi O.Babayev hamda deputat M.Ashurov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga asosan tumanning “Do‘stlik” mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarining borishi hamda mahalla fuqarolar yig‘ini binosini qayta qurish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va loyihalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida mahalla hududida aholi uchun qulay va obod muhit yaratish, ichki ko‘chalarni tartibga keltirish, yashil hududlarni kengaytirish, tashqi yoritish tizimini yaxshilash hamda infratuzilma obyektlarining holati ko‘zdan kechirildi.

🔺Tashrif doirasida mahalla fuqarolar yig‘ini binosining mavjud holati ham atroflicha tahlil qilindi. Binoning texnik holati, xizmat xonalarining aholiga xizmat ko‘rsatish talablariga qay darajada javob berishi, fuqarolarni qabul qilish uchun yaratilgan shart-sharoitlar baholandi.

🔺Mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan mahalla binosini qayta qurish loyihasi ko‘rib chiqilib, unda zamonaviy talablarga javob beradigan xizmat xonalari, keng qabulxona, yig‘ilishlar zali, arxiv va yordamchi xonalarni barpo etish masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 4