Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
Deputatlik nazorati – budjet intizomining muhim omili

Deputatlik nazorati – budjet intizomining muhim omili

✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-387-sonli qarori mahalliy davlat hokimiyati organlari va xalq deputatlari Kengashlari oldiga muhim vazifalarni qo‘ydi.

✅ Mazkur qarorning asosiy maqsadi mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, ortiqcha xarajatlarni qisqartirish, daromad manbalarini kengaytirish hamda budjet intizomini mustahkamlashdan iborat.

✅ Bu jarayonda xalq deputatlari Kengashlarining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki mahalliy budjetlarni tasdiqlash, ularning ijrosini ko‘rib chiqish, budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazorat o‘rnatish Kengashlarning asosiy vakolatlaridan hisoblanadi.

✅ Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida deputatlar tomonidan budjet tashkilotlari faoliyatini o‘rganish, aholi murojaatlarini tahlil qilish, ijtimoiy ob’ektlardagi mavjud muammolarni aniqlash hamda mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish amaliyoti yanada kuchaytirilmoqda.

✅ Shuningdek, doimiy komissiyalar tomonidan mahalliy budjet mablag‘larining sarflanishi yuzasidan muntazam monitoring olib borilishi budjet intizomini ta’minlash va korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.

✅ Prezident qarorida belgilangan vazifalarning to‘liq ijrosi mahalliy budjetlar barqarorligini ta’minlash, aholi uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy loyihalarni o‘z vaqtida moliyalashtirish hamda hududlarni kompleks rivojlantirishga zamin yaratadi. Bu borada xalq deputatlari Kengashlari va deputatlarning faol ishtiroki muhim ahamiyatga ega.

Slide 1 of 1