Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
Deputat vakant hududda Kengash raisi tomonidan mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tuman Kengashi raisi Qo‘zimurotov Abdisalom boshchiligida, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Choriyeva Mahliyolar ishtirokida deputat vakant bo‘lgan hudud — Qoraqir mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.O‘rganish jarayonida mahalla yettiligining aholi bilan ishlash tizimi, ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, hududda obodonlashtirish ishlari, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi. Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham alohida e’tiborga olindi. Xususan, hokim yordamchisi ko‘magida ajratilgan kredit mablag‘lari hisobidan muzqaymoq (marojniy) ishlab chiqarish apparatini xarid qilib, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorning ish jarayoni bilan tanishildi.Shuningdek, hududdagi “Sanjar Surxon 2020” MChJga qarashli, Xasanova Malohat tomonidan yuritilayotgan tikuvchilik sexi faoliyati o‘rganildi. Mazkur sexda 6 ta tikuv mashinasi mavjud bo‘lib, bir necha nafar xodimlar doimiy ish bilan ta’minlangan.O‘rganish yakunida Kengash raisi tomonidan mas’ullarga mahalla yettiligi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1