Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
Qurilish ishlari davom etmoqda

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan Chinobod mahallasida barpo etilayotgan 90 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish davomida qurilish obyekti hududida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, bino-inshootning loyiha talablariga muvofiqligi, qurilish materiallarining sifati hamda ishlarning belgilangan reja-grafik asosida olib borilishi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, qurilish jarayonida mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, ichki va tashqi muhandislik tarmoqlarining o‘rnatilishi, bolajonlar uchun yaratiladigan sharoitlar – o‘quv xonalari, o‘yin maydonchalari hamda sanitariya-gigiyena talablariga moslik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Deputat mas’ul ishchilar bilan suhbat davomida ishlarning sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi, ortiqcha kechikishlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda qurilish jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi. Mazkur 90 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirilgach, Chinobod mahallasi aholisi uchun katta qulaylik yaratib, bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishiga xizmat qiladi. Deputat tomonidan ushbu ijtimoiy ahamiyatga ega obyekt qurilishini doimiy nazoratga olish va jarayonni joyiga chiqib tahlil qilib borilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1