Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
Guliston shahar “Ahillik” MFY hududida joylashgan 11-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.

 Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi PQ–93-son qarori asosida amalga oshirilayotgan bo‘lib, umumiy qiymati 6 milliard 50 million so‘mni tashkil etadi. Obyekt quvvati 210 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, qurilish-ta’mirlash ishlarini 2025-yil noyabr oyida yakunlanishi belgilangan edi.

Biroq o‘rganish jarayonida obyektda hali jiddiy kamchiliklar mavjudligi aniqlandi va ishlar belgilangan talab darajasida olib borilmayotgani ko‘zga tashlandi.

Xususan:

yozgi ayvonchalarning shift qismi to‘liq yakunlanmagan;

bino tom qismidan suv o‘tayotgani aniqlangan, bu esa qurilish sifati bo‘yicha jiddiy savollarni yuzaga keltiradi;

bolalar yotoqxonasi hali foydalanishga tayyor emas;

oshxonaga zarur bo‘lgan dimohod (ventilyatsiya tizimi) o‘rnatilmagan;

quyosh panellarini o‘rnatish ishlari ham yakuniga yetkazilmagan.

 Eng achinarlisi, bolalar uchun mo‘ljallangan muassasada bunday kamchiliklarning mavjudligi qurilish ishlariga yetarli darajada e’tibor qaratilmayotganini ko‘rsatadi. Bu esa nafaqat obyektni o‘z vaqtida topshirishga, balki uning sifatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.