Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
“Uch avlod uchrashuvi” – Quyosh mahallasida samimiy muloqot tashkil etildi

 “Uch avlod uchrashuvi” – Quyosh mahallasida samimiy muloqot tashkil etildi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi R.Kalanov, Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva, tuman Kengashi deputatlari T.Nazarov, F.Salomova, D.Raxmatullayev Olmazor tumani "Nuroniy" jamg`armasi raisi M.Mirpo`latov Quyosh mahalla fuqarolar yig`inlari faollari ishtirokida Olmazor tumanidagi “Quyosh” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda mahalla faollari, nuroniylar, o‘rta avlod vakillari hamda yoshlar ishtirok etib, avlodlar o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda mahalla hayotidagi dolzarb masalalarni birgalikda muhokama qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir davomida nuroniylar tomonidan hayotiy tajriba va maslahatlar berildi, yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglandi. Shuningdek, hududni yanada obodonlashtirish, aholi farovonligini oshirish hamda mahalladagi ijtimoiy muammolarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, avlodlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim muloqot maydoniga aylandi.

Slide 1 of 10