Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
Inson qadri — amaliy e’tiborda: ehtiyojmand oilalar uy-joylarini energiya samaradorligini oshirish orqali yaxshilash masalasi muhokama qilindi

Inson qadri — amaliy e’tiborda: ehtiyojmand oilalar uy-joylarini energiya samaradorligini oshirish orqali yaxshilash masalasi muhokama qilindi

  

  Xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari” bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

  

Yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 5 fevraldagi PQ-49-sonli qarorining 13-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turgan I guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatsiz a’zosi bo‘lmagan oilalar, shuningdek, ehtiyojmand oilalarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda “Mahalla yettiligi” tomonidan shakllantirilgan ro‘yxatlar asosida mazkur toifadagi xonadonlarda devor va tom qismlarini izolyatsiya qilish, energiya tejamkor deraza va eshiklar o‘rnatish, shuningdek, quyosh panellari yoki geliokollektorlar joriy etish bo‘yicha takliflar muhokama etildi va shu mavzudagi vazirliklarning qo‘shma qarorlari o‘qib eshittirildi.

  Shuni alohida ta’kidlash lozimki, doimiy komissiya a’zolari tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatdagi fuqarolarning uy-joylari joyiga chiqqan holda o‘rganilib, ularning haqiqiy ehtiyojlari va yashash sharoitlari nazorat tartibida tahlil qilindi. Bu esa qabul qilinayotgan qarorlarning manzilliligi va adolatliligini ta’minlashga xizmat qiladi.

  Mazkur masala ijtimoiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rib chiqilib, ehtiyojmand aholi qatlamlari uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish davlatning muhim vazifalaridan ekani qayd etildi. Zero, bunday yondashuv nafaqat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, balki inson qadrini yuksaltirish, jamiyatda adolat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan.

  Shu nuqtai nazardan, ehtiyojmand oilalar xonadonlarida amalga oshirilayotgan energiya samaradorligiga qaratilgan chora-tadbirlar — devor va tomlarni izolyatsiya qilish, energiya tejamkor deraza va eshiklar o‘rnatish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish — katta ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega. Bu orqali, avvalo, oilalarning kommunal xarajatlari kamayishiga, uy-joylarda qulay mikroiqlim shakllanishiga hamda aholining turmush darajasi oshishiga erishiladi.

  Eng muhimi, bunday amaliy ishlar insonning o‘z uyida o‘zini xavfsiz, barqaror va qadrlangan his qilishiga xizmat qiladi. Bu esa “Inson qadri uchun” tamoyilining hayotdagi yaqqol ifodasidir.

 BIZNI KUZATIB BORING: 🌍 Web sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=3&authority_id=304) | ✅ Do'stlik kengashi (https://t.me/DustliktumanKengashi) | 💬 Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61579521633372) | 📹 Youtube (https://youtube.com/@xd_dustlik_deputatlar_kengashi) 🌐Instagram (https://www.instagram.com/xd_deputatlar_dustlik_tuman/)

Slide 1 of 10