Jomboy tumanida Xalq
deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan aholi o‘rtasida kuz-qish
mavsumiga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha o‘rganish va tushuntirish ishlari
olib borildi.
Deputatlar tomonidan
mahallalarda aholining issiqlik, elektr energiyasi, gaz ta’minoti va yoqilg‘i
zaxirasi bilan ta’minlanish holati o‘rganildi. Shu bilan birga, uy
xo‘jaliklarining xavfsiz isitish vositalaridan foydalanishi, yong‘in
xavfsizligi va sog‘liqni saqlash choralariga rioya etish bo‘yicha
tushuntirishlar berildi.
O‘rganishlar davomida
deputatlar aholining murojaatlarini tinglab, mavjud muammolarni joyida hal
etish hamda tegishli tashkilotlarga yetkazish choralarini ko‘rdilar.
Mazkur tadbirlar kuz-qish
mavsumida aholining tinch va xavfsiz hayotini ta’minlash, ijtimoiy soha
obyektlarida uzluksiz faoliyat yuritish uchun zarur shart-sharoit yaratishga
qaratildi.