Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari Jomboy tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.

 Jomboy tumanida Xalq
deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyasi tomonidan “Kuz-qish mavsumiga
tayyorgarlik holati va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar” va “Maishiy chiqindilarning olib ketilishida
yuzaga kelayotgan muammolar” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi. 

Yig‘ilishda tuman
tashkilotlari va muassasalarining issiqlik ta’minoti, elektr energiyasi,
yoqilg‘i zaxirasi, yo‘llar va muhandislik infratuzilmasi holati bo‘yicha
axborotlar tinglandi. Deputatlar tomonidan tayyorgarlik jarayonidagi mavjud
kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi. 

Komissiya a’zolari
tomonidan aholiga uzluksiz issiqlik va energiya yetkazib berish, ijtimoiy soha
obyektlarining xavfsiz ishlashini ta’minlash, shuningdek, kommunal xizmatlar
tizimini mustahkamlash yuzasidan aniq tavsiyalar ishlab chiqildi.  

Slide 1 of 4