Xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashi deputati A.Kulbayev tomonidan fuqarolarning taklif va murojaatlarini tinglash maqsadida aholi bilan uchrashib, muammolari oʻrganildi.
🔹Deputat har bir xonadon, har bir oila hayotidagi yechimini kutayotgan muammolarni joyida o‘rganib, tegishli tashkilotlarga murojaat etish orqali hal qilishga harakat qilishini ta’kidladi.
🔹Suhbatlar davomida aholi asosan quyidagi masalalarni ko‘tardi:
•Ichimlik suvi ta’minotidagi uzilishlar;
•Yo‘llar va ko‘cha yoritish tizimidagi muammolar;
•Ishsizlik va yoshlarning bandligini ta’minlash;
•Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam masalalari.
🔹Murojaatlar yuzasidan ayrim masalalar joyida hal etilib, qolganlariga qonun doirasida tushuntirish ishlari olib borildi.