🔹Joriy yil 23-oktyabr kuni xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashidagi Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi tomonidan tumandagi “Xondoyliq” oilaviy shifokorlik punktining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
🔹O‘rganish davomida muassasa binosining isitish tizimi soz holatda va ko‘mir mahsuloti yoqishga mo‘ljallangan yangi qozonxona o‘rnatilganligi, yetarli miqdorda ko‘mir zaxirasi yaratilganligi aniqlandi.
🔹Shu bilan birga, muassasa binosining ichki qismi ta’mirtalab holga kelib qolganligi, deraza romlari ma’nan eskirganligi, ichimlik suvi va elektr ta’minoti tizimlarida ayrim kamchiliklar mavjudligi ma’lum bo‘ldi.
🔹Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan tegishli choralar ko‘rilishi belgilab berildi.