Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

“Qoratepa” mahallasidagi 14-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi

 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati A.Mamatmuratov va “Qoratepa” mahalla yettiligi vakillari bilan hamkorlikda “Qoratepa” mahallasida joylashgan 14-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi. 

Mazkur o‘rganish jarayonida maktabgacha ta’lim muassasasining shart-sharoitlari, ta’lim sifati, bolalarning sog‘ligi va xavfsizligi hamda pedagoglarning faoliyati atroflicha o‘rganildi. Deputat A.Mamatmuratov va mahalla vakillari ta’lim jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha fikr almashishdi. 

Shuningdek, bolalarning sog‘lig‘i va farovonligini ta’minlashga qaratilgan ishlar, ularning to‘g‘ri ovqatlanishi, gigiyena qoidalariga rioya qilinishi ham diqqat markazida bo‘ldi. Mahalla yettiligi va deputat muassasada pedagoglar bilan uchrashib, ularning professional faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash va zarur yordam ko‘rsatish borasida fikrlar almashildi. 

O‘rganish natijalariga ko‘ra, maktabgacha ta’lim muassasasida bir qancha ijobiy jihatlar aniqlandi, biroq ayrim kamchiliklarni bartaraf etish uchun tegishli tavsiyalar berildi. Deputat A. Mamatmuratov o‘z navbatida, maktabgacha ta’lim sohasini yanada rivojlantirish va yosh avlodni
sifatli ta’lim bilan ta’minlashga doimiy e’tibor qaratishini ta’kidladi.
 

Ushbu tashrif mahalla va deputat hamkorligida bolalarning kelajagi uchun yanada sifatli shart-sharoit yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda. 

  Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 3