Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 11-“O‘rmonbog‘” saylov okrugidan saylangan deputat N.Shomatov tomonidan “Davronbek” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy reyestrga kiritilgan aholini reyestrdan chiqarish, oilalarni doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash hamda mavjud muammolarini o‘rganish yuzasidan xonadonlarga tashriflar amalga oshirildi.

O‘rganish davomida Davronbek ko‘chasi, 51-uyda yashovchi I.Akramovlar oilasi xonadoniga borilib, oila a’zolari bilan suhbat o‘tkazildi. Muloqot davomida oilaning yashash sharoiti, ijtimoiy holati hamda mavjud ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, oilani ijtimoiy reyestrdan chiqarish bo‘yicha mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, oilaning ijtimoiy holatini yaxshilash va daromad manbaini shakllantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

O‘rganish davomida I.Akramovlar oilasi doimiy daromad manbaiga ega emasligi aniqlandi. Shu sababli oilaning moddiy holatini yaxshilash va kelgusida ijtimoiy reyestrdan chiqarish imkoniyatini yaratish maqsadida hokim yordamchisiga I.Akramovni doimiy ishga joylashtirish choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriq berildi.

Mazkur o'rganish ishlarini olib borishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda kotibiyat bosh mutaxasissi A.Adhamovlar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olinib, oilani bandligini ta’minlash, doimiy daromad manbaiga ega qilish hamda ijtimoiy holatini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlarni davom ettirish belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3