Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 11-“O‘rmonbog‘” saylov okrugidan saylangan deputat N.Shomatov tomonidan “Davronbek” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning yashash sharoiti va ijtimoiy holatini o‘rganish maqsadida xonadonlarga tashrif buyurildi.

O‘rganish davomida Latofat ko‘chasi, 49-uyda yashovchi, ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro I.Alimatova xonadoniga borilib, oilaning yashash sharoiti, ijtimoiy holati hamda ijtimoiy reyestrdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida I.Alimatovaning turmush o‘rtog‘i bilan ham suhbatlashilib, oilaning mavjud muammolari va ehtiyojlari muhokama qilindi. Suhbat davomida I.Alimatovaning betobligi va hozirda davolanayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Oilaning ijtimoiy holatini yaxshilash va kelgusida ijtimoiy reyestrdan chiqarish imkoniyatlarini oshirish maqsadida oilaning bandligini ta’minlash, farzandlarining maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shu munosabat bilan mahalla hokim yordamchisiga I.Alimatovaning turmush o‘rtog‘ini munosib ish bilan ta’minlash choralarini ko‘rish, xotin-qizlar faoliga esa oilaning bog‘cha yoshidagi farzandlarini imtiyozli tartibda maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirishga amaliy ko‘maklashish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Mazkur o'rganish ishlarini olib borishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda kotibiyat bosh mutaxasissi A.Adhamovlar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Mazkur choralar orqali oilaning daromad manbaini yaxshilash, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va farzandlarning ta’lim-tarbiya bilan qamrab olinishini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlarni davom ettirish belgilandi.

🇺🇿Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4