Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
📌 AHOLI SALOMATLIGI VA SANITARIYA HOLATI DOIMIY NAZORATDA

rganch shahrida aholiga ko’rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash — Xalq deputatlari shahar Kengashi doimiy komissiyasining diqqat markazida. 

Joriy yilning 7-aprel kuni Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 799-sonli qarori ijrosi, xususan, shahar hududidagi jamoat maskanlari va ijtimoiy muassasalarning sanitariya holati muhokama qilindi. 

 🔍 O'rganishlar natijasida davomida ba’zi muassasalarda kamchiliklar ko'zga tashlandi: 

· Ta’lim muassasalari: 2-sonli maktabning tashqi hojatxonasi kosmetik ta’mirga, 1 va 3-sonli maktablarning hojatxonalari esa qayta jihozlashga muhtoj. 

· Tibbiyot maskanlari: Shahar tibbiyot birlashmasi, 1-sonli oilaviy poliklinika hamda Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hojatxonalarida joriy ta’mirlash va zamonaviy jihozlash ishlarini amalga oshirish lozimligi belgilandi. 

Umumiy ovqatlanish shoxobchalari: O'rganilgan 7 ta ob’ektda sanitariya me’yorlarini (SanQ va M 01-00-25) buzish holatlari aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. 

 ✅ Maqsadimiz bitta: Har bir fuqaro va shahrimiz mehmonlari uchun qulay, xavfsiz va sanitariya talablariga to‘liq javob beradigan sharoitlarni yaratish. Bu boradagi profilaktik tadbirlar va nazorat reydlari izchil davom ettiriladi. 

Slide 1 of 3