🗣️Prezidentimizning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan o‘tkazgan oltinchi ochiq muloqoti tafsilotlari bilan tanishar ekanman, keyingi yillarda xususiy mulk va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar o‘zining amaliy natijalarini berayotganiga yana bir bor ishonch hosil qildim.
Buxoro tumanidagi Koʻchkoʻmar mahalla fuqarolar yigʻini binosida xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekovning navbatdagi sayyor qabuli boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda 16-Qavola saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi aholi oʻzlarini qiynayotgan dolzarb muammolar va takliflar bilan murojaat qilishdi. Mazkur mahallada 11 ta aholi punkti boʻlib, unda 7 yarim mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi.