Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi
#sorov_javobi 🚧 Ichki yo‘l masalasi yuzasidan deputat so‘roviga javob olindi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Jamshid Rasulov tomonidan “Chinortepa” mahallasi hududidan o‘tuvchi Chovli–Kichik To‘qmoq hamda Tabib–Chinortepa ichki yo‘llarining holati yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

Aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida mazkur yo‘llarning ta’mirtalabligi, ayniqsa yog‘ingarchilik mavsumida fuqarolar va maktab o‘quvchilari uchun harakatlanishning qiyinligi ta’kidlandi.

📄 Rasmiy javob:

Ishtixon tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Ibragimov xati bilan ma’lum qilinishicha:

  • Chovli–Kichik To‘qmoq va Tabib–Chinortepa yo‘llari joyiga borib o‘rganilgan.
  • Hozirda yo‘llar mahalliy aholi tomonidan avtogreyder yordamida xashar yo‘li bilan tekislatilgan, lekin shag‘al bilan ta’mirlash ishlari ekologiya tomonidan joriy etilgan moratoriy va shag‘al olish uchun karer ajratilmagani sababli vaqtincha to‘xtab turgan.
  • Karer masalasi hal qilinishi bilan yo‘llarni shag‘al bilan ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

⚠️ Tanqidiy jihat: Rasmiy javobda ishlar faqat “karer masalasi hal bo‘lgach” boshlanadi deyilgan, ammo hudud aholisi uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoiti ayni paytda ham zarur. Shu sababli masala uzoq muddat davom etishi mumkin, ayniqsa maktab o‘quvchilari va transport uchun xavf mavjud.

💡 Deputat nazorati va chora:

Mazkur masala deputat nazoratida bo‘lib, yo‘llarni texnik talablar asosida ta’mirlash va hudud aholisi uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar doimiy ravishda kuzatib boriladi. 

Slide 1 of 1