Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi
#sorov_javobi 🚧 Ichki yo‘l masalasi yuzasidan deputat so‘roviga javob olindi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Nasiba Xakimova tomonidan “Beshkapa” mahallasi Suluvqo‘rg‘on qishlog‘i hamda “Katta Qangli” mahallasi Oltiketmon va Chim qishloqlarini bog‘lovchi ichki yo‘lning holati yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

Aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida mazkur yo‘lning qoniqarsiz ahvolda ekani, ayniqsa yog‘ingarchilik mavsumida ko‘lmaklar paydo bo‘lishi hudud aholisi, jumladan maktab o‘quvchilarining harakatlanishida qator qiyinchiliklar tug‘dirayotgani ta’kidlandi.

Ishtixon tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Ibragimov xati bilan ma’lum qilinishicha, hozirgi vaqtda ekologiya tomonidan joriy etilgan moratoriy hamda shag‘al olish uchun karer ajratilmagani sababli yo‘lga shag‘al to‘kish ishlari vaqtincha to‘xtab turgan. Shu masala hal qilinishi bilan yo‘lni shag‘al bilan ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Rasmiy javobda ishlar faqat “karer masalasi hal bo‘lgach” amalga oshiriladi deyilgan, ammo hudud aholisi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoiti tezroq ta’minlanishi zarur. Bu muammo uzoq muddat davom etishi mumkin, ayniqsa maktab o‘quvchilari va transport harakati uchun xavf tug‘diradi.

Mazkur masala deputat nazoratida bo‘lib, yo‘lni texnik talablar asosida ta’mirlash va hudud aholisi uchun qulay sharoit yaratish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko‘rilishini nazorat qilmoqda. Aholi murojaatlari e’tibordan chetda qolmasligi, masala tezkor hal qilinishi uchun doimiy monitoring olib boriladi. 

Slide 1 of 1