Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
янв.21
Gaza mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida tadbirkorlar muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida infratuzilma muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
📍 Deputatlik nazorati: “Mevazor” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Xorazm viloyati va Shovot tumani Kengashlari deputati E. Dushamov, Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri I.Masharipov hamda kotibiyat xodimi U.Ruzmetov ishtirokida deputatning saylov okrugi — Mevazor mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PQ–49-son qarori (“2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”) ijrosi yuzasidan hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
📋 O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi A. Sotimov tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan quyidagi ma’lumotlar taqdim etildi:
✅ 6 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti tashkil etilgan;
👨‍💼 12 ta yangi ish o‘rni yaratilgan;
🤝 2 nafar fuqaroning bandligi ta’minlanib, kambag‘allik reyestridan chiqarilishiga erishilgan;
💳 Tikuvchilik, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va chorvachilik yo‘nalishlari bo‘yicha jami 349 million so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilgan.
🔎 O‘rganish jarayonida davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha erishilgan natijalar tahlil qilindi. Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish va ko‘rsatkichlarni oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🤝 Deputatlar tomonidan joylarda davlat dasturlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi islohotlarning samaradorligini oshirish borasidagi o‘rganishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4