Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
янв.21
Gaza mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida tadbirkorlar muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida infratuzilma muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–263)

O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–263) hamda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–371) ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Xorazm viloyati va Shovot tumani Kengashlari deputati E.Dushamov, Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri I.Masharipov hamda kotibiyat xodimi U.Ruzmetov ishtirokida deputatning saylov okrugi — Mevazor mahallasida profilaktika inspektori, mayor A.Soroboyev tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
📋 O‘rganish davomida mahallada jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va jinoyatchilikka qarshi profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot tinglandi.
✅ O‘rganish natijalariga ko‘ra:
👮 Joriy yilning bugungi kuniga qadar mahalla hududida birorta ham jinoyat sodir etilmagan;
📑 6 nafar fuqaro probatsiya hisobida bo‘lib, ular bilan individual profilaktik ishlar muntazam olib borilmoqda;
🛡 “Mevazor” mahallasi “Jinoyatchilikdan xoli hudud” maqomiga ega bo‘lib, ushbu natijani saqlab qolish va yanada mustahkamlash yuzasidan tizimli choralar ko‘rilmoqda.
🔎 O‘rganish yakunida profilaktika ishlarining samaradorligini yanada oshirish, fuqarolar, ayniqsa, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🤝 Fuqarolar tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida davlat siyosati ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 7