Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, XDP a'zosi Ahmedov Shuxrat Murotovich 24 ta tavsiyaviy savolnoma asosida, 14-Gavhar saylov okrugi hududida joylashgan mahallalarda boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘p qavatli uylarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, isitish tizimlari va uzellar holati, shuningdek, yerto‘lalarning sanitariya ahvoli hamda yoritilganlik darajasi joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
💧🗑O‘rganishlar davomida “Gavhar” mahallasi hududidagi 1-ko‘p qavatli uy yerto‘lasida joylashgan uzelda suv sizib chiqayotgani, uzel xonasi ifloslanganligi hamda keraksiz buyumlar bilan to‘ldirib qo‘yilganligi aniqlandi .
🚫Shuningdek, 12-ko‘p qavatli uy uzel xonasida ham keraksiz buyumlar saqlanayotgani va xonaning sanitariya holati talab darajasida emasligi ma’lum bo‘ldi.
📝✅Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mazkur uy-joylarga xizmat ko‘rsatuvchi “Comfort Universal Trade” boshqaruv kompaniyasi rahbariyatiga tegishli ko‘rsatmalar berildi hamda masala deputat nazoratiga olindi.
🏠❄️ Aholi uchun xavfsiz va qulay yashash sharoitlarini yaratish, uy-joy fondining kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlanishini ta’minlash bo‘yicha nazorat ishlari davom etadi .