Deputatlik so‘rovi — aholi muammolari yechimida amaliy qadam
✅ Inkabod mahallasida aholi murojaatlarini o‘rganish va ularga yechim topish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mahallaga O'zMTDPdan tuman Kengashiga saylangan deputat Alimov Qahramon tomonidan ko‘tarilgan masalalar bu yo‘nalishdagi amaliy harakatlarning yorqin namunasidir.
✅ Deputat tomonidan joylardagi mavjud muammolarni o‘rganish jarayonida aholini qiynab kelayotgan bir qator masalalar aniqlandi. Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida tuman hokimligiga deputatlik so‘rovi yuborilganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.