Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Tuman Kengashi deputati murojaatlarni o‘rganmoqda va murojaatlar daftarini yuritmoqdaTuman Kengashi deputati murojaatlarni o‘rganmoqda va murojaatlar daftarini yuritmoqda
янв.21
Deputatlar mahallalarda o‘rganishlarni davom ettirmoqda
янв.21
Deputat mahallada: muammolar o‘rganilib, murojaatlar nazoratga olindi
янв.21
Ota-onalarning ta’lim jarayonini onlayn kuzatish imkoniyatlari kengaytiriladi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati sayyor qabul o‘tkazdi
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi irrigatsiya tizimini yaxshilash bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Yaylovlar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga javob xati olindi
янв.21
Deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarilgan masala nazoratga olindi.
Aholi bandligi va xotin-qizlar tadbirkorligi deputat e’tiborida.

18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva tomonidan aholi bandligini ta’minlash, xotin-qizlarning daromad manbaini oshirish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash maqsadida O’tabek MFY hududida faoliyat yuritayotgan tikuvchilik sexi faoliyati o’rganildi.
Tashrif davomida sexda yaratilgan shart-sharoitlar, ishlab chiqarish jarayonlari hamda xodimlarning mehnat faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Quvonarlisi, mazkur tikuvchilik sexida 20 ta yangi ish o’rni yaratilgan bo’lib, ushbu ish o’rinlariga ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan xotin-qizlar jalb etilgan. Bu esa aholi bandligini ta’minlash, oilalarning daromadini oshirish va ularning ijtimoiy qo’llab-quvvatlanishiga xizmat qilmoqda.
Suhbatlar davomida xodimlarning fikr-mulohazalari tinglanib, faoliyatni yanada kengaytirish, qo’shimcha ish o’rinlari yaratish hamda xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo’yicha taklif va tashabbuslar muhokama qilindi. Deputat tomonidan bu kabi tadbirkorlik subyektlarini qo’llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash masalalari doimiy e’tiborda ekanligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1